Yangi mavzuni o‘rnatish hamda slayder yaratish

Hurmatli foydalanuvchilar. Boshqaruv bo‘limining “Mavzular” bandida faollashtirishingiz uchun mavzular to‘plami mavjud.

Tizimga  quyidagi yangi mavzular qo‘shilgan: Twentyseventeen, Enigma, Twentyfifteen, Twentyfourteen, Twentysixteen, Twentythirteen, Twentytwelve, Twentyten, Appointment-blue, Appointment, Ogger-choice, Multipurpose-blog, Greenigma, Elead, Enigma-parallax va Singlepage.

Yangi mavzular sayt-satellitlaringizni yanada rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlarni taqdim etadi. Masalan: sayt-satellit yuqori qismi uchun slayderlarni onlayn yaratish, rasmlarni almashtirish shular jumlasidan.

“Enigma-parallax” mavzusida slayder yaratishni ko‘rib chiqamiz.

Buning uchun avvalo sayt-satellit boshqaruv bo‘limiga kiriladi va “Tashqi ko‘rinish” menyusidan “Mavzular” bandi tanlanadi. Shundan so‘ng asosiy sahifada mavzular ro‘yxati chiqadi. Ro‘yxatdan “Enigma-parallax” mavzusini topib, “Faollashtirish” tugmasi bosiladi.

Mavzu faollashtirilgandan so‘ng “Tashqi ko‘rinish” menyusidan “Moslashtirish” bandi tanlanadi va qo‘yidagicha sahifa ochiladi.

Sahifaning chap  menyusidan “ThemeSliderOptions” tanlanadi. Mavzu uchun maxsus formadan iborat yangi slayder yaratish oynasi ochiladi. Sladerni yaratish uni o‘zgartirish ishlari aynan shu sahifada amalga oshiriladi.

Bu yerda siz slayder mavzusi, tavsifi uchun matnlarni kiritishingiz, kerakli rasmlarni o‘rnatishingiz, shuningdek, slayder harakatlanishi vaqti, stilini tanlashingiz mumkin.  Rasmlar uchun nom yoki tavsif kiritmaslik ham mumkin.

Slayd uchun har bir rasmni yuklaganingizdan so‘ng uni shu sahifaning o‘zida onlayn tekshirib olishingiz va agar kerak bo‘lsa rasmlar hajmini o‘zgartirishingiz mumkin. Jarayonni qanchalik tez amalga oshishi internetingiz tezligiga bog‘liq.

Shuni ham eslatib o‘tish kerakki, slayder uchun tanlangan rasmlarni maxsus tayyorlab olish zarur. Ya’ni rasmlar grafik dasturlar yordamida veb-saytlar uchun moslashtirilgan bo‘lishi maqsadga muvofiq. Bu esa salayderning tez yuklanishiga imkoniyat yaratadi. Saytlarni qiziqarli kontentlar bilan boyitishda slayderlardan foydalanish tavsiya etilmaydi.